PediaSure Maloyejka
- * Ovqatlanish yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar uchun makro- va mikronutriyentlarni o‘z ichiga olganligi tufayli
- * Ovqatlanish yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar uchun makro- va mikronutriyentlarni o‘z ichiga olganligi tufayli
- ^ Mahsulot ovqatlanish yetishmovchiligi yoki uning rivojlanish xavfi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Farzandingizning individual ovqatlanish ehtiyojlarini mutaxassis bilan muhokama qilishni tavsiya etamiz
PediaSure Maloyejka quruq aralashmasini qanday suyultirish mumkin?
-
Tayyorlashdan oldin qo‘lingizni yaxshilab yuving.
-
Toza, quruq idishni tayyorlang (masalan, stakan yoki shishacha).
-
Bir porsiya (225 ml) PediaSure Maloyejka tayyorlash uchun 190 ml qaynatilgan suvdan foydalaning. Suv harorati 35°C dan oshmasligi kerak, bu probiotiklarning foydali xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
-
Suv juda issiq yoki yo‘qligini aniqlashning bir usuli bor. Quruq Maloyejkani suyultirishdan oldin, tirsagingiz yoki bilagingizning bukilish qismiga suv tomizing. Agar siz buni sezmasangiz — demak, bu suyuqlikning harorati tana haroratiga teng ekanligini anglatadi va siz uni tayyorlashda davom etishingiz mumkin.
-
5 o‘lchov qoshiq quruq aralashmani bir stakan suvga soling, yaxshilab aralashtiring. Tamom, to‘yimli ichimlik iste’molga tayyor!
Ogohlantirish
O‘lchov qoshig‘i
Bitta porsiyaning ozuqaviy qiymati (225 ml)
Nutriyentlar
Ko‘rsatkichlar | Birliklar | 225 ml1 |
---|---|---|
Energiya qiymati | kkal/kJ | 226/949 |
Oqsillar | g | 6,74 |
Yog‘lar | g | 8,84 |
Linolenik kislota (Omega-3) | mg | 340 |
Linoleik kislota (Omega-6) | g | 1,94 |
Uglevodlar | g | 29,35 |
FOS (prebiotiklar) | g | 1,02 |
Taurin | mg | 16 |
Karnitin | мг | 3,8 |
Inozit | mg | 18 |
Xolin | mg | 68 |
Dokozageksaen kislota (DHA-Omega-3) | mg | 10,0 |
Vitaminlar
Ko‘rsatkichlar | Birliklar | 225 ml1 |
---|---|---|
A vitamini | mkg RE | 135 |
D3 vitamini | mkg | 4,5 |
E vitamini | mg α-TE | 3,5 |
K1 vitamini | mkg | 12 |
C vitamini | mg | 23 |
Foliy kislotasi | mkg | 56 |
B1 vitamini | mg | 0,63 |
B2 vitamini | mg | 0,48 |
B6 vitamini | mg | 0,59 |
B12 vitamini | mkg | 0,68 |
Niatsin | mg | 1,8 |
Pantotenik kislota | mg | 1,6 |
Biotin | mkg | 4,5 |
Minerallar
Ko‘rsatkichlar | Birliklar | 225 ml1 |
---|---|---|
Natriy | mg | 131 |
Kaliy | mg | 345 |
Xloridlar | mg | 228 |
Kalsiy | mg | 225 |
Fosfor | mg | 189 |
Magniy | mg | 36 |
Temir | mg | 3,1 |
Rux | mg | 1,5 |
Marganets | mg | 0,34 |
Mis | mkg | 146 |
Yod | mkg | 22 |
Selen | mkg | 7,2 |
Xrom | mkg | 6,8 |
Molibden | mkg | 9 |
-
1225 ml — 1 porsiya PediaSure Maloyejka.
225 ml uchun hisob-kitob PediaSure Maloyejka mahsulotining tarkibi asosida amalga oshiriladi.
Maloyejkada qancha kaloriya bor
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, ikki yoshdan oshgan bolalarning ovqatlanishidagi oqsil kunlik kaloriyalikdan 12–15% ni tashkil etishi kerak, yog‘ — 25–35%, uglevodlar esa 55–60% bo‘lishi kerak (ulardan shakarni kaloriyalilik bo‘yicha hisoblashda 10% dan kam iste’mol qilish yaxshiroqdir).
Bir shishacha Maloyejkada — 201 kkal, bir stakan suyultirilgan aralashmada — 226 kkal.
Mahsulot ovqatlanish yetishmovchiligi yoki uning rivojlanish xavfi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Farzandingizning individual ovqatlanish ehtiyojlarini mutaxassis bilan muhokama qilishni tavsiya etamiz
- ^ Agar shifokor boshqasini tavsiya qilmasa.
- 1. Uslubiy tavsiyalar UT 2.3.1.0253-21 Rossiya Federatsiyasi aholisining turli guruhlari uchun energiya va ozuqaviy moddalarga fiziologik ehtiyoj NORMALARI
- 2. Huynh DT, et al. J Hum Nutr Diet. 2015; 28(6): 623–635; Huynh DT, et al. J Nutr Sci. 2016; 5: e20.
PediaSure Maloyejka quruq aralashmasining yaroqlilik muddati va saqlanishi
-
Mahsulotning ochilmagan qadog‘ini Selsiy bo‘yicha 25 darajadan yuqori bo‘lmagan haroratda va havo nisbiy namligi 75% dan oshmagan sharoitda saqlash kerak.
-
Ochig‘ini qopqoq bilan yoping, salqin quruq joyda saqlang (lekin sovutgichda emas) va 3 hafta davomida foydalaning.
-
Agar siz aralashmani bir marta qabuldan ko‘proq miqdorda suyultirgan bo‘lsangiz, u sovutgichda yopiq idishda Selsiy bo‘yicha 4 ± 2 darajada saqlanishi va 24 soat davomida ishlatilishi kerak.
-
Yaroqlilik muddati:
24 oy
Maloyejkani saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari aralashmaning yorug‘lik, namlik va haroratga sezgir bo‘lgan ko‘plab tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olganligi bilan bog‘liq.
Quruq aralashma germetik yopilgan 400 gramm va 850 gramm hajmdagi tunuka bankalarda ishlab chiqariladi, ular tarkibni yaxshi himoya qiladi. Ochilmagan bankani 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda va havo nisbiy namligi 75% dan oshmagan sharoitda saqlash kerak. Ishlab chiqarilgan kundan boshlab umumiy yaroqlilik muddati — 2 yil.
Sotib olayotganda, albatta banka shikastlanmaganligiga e’tibor qarating. Zang izlari va boshqa chuqur shikastlanishlar Maloyejka saqlash sharoitlarining buzilishi haqida dalolat berishi mumkin.
Ochilgan banka qopqoq bilan mahkam yopilishi va qorong‘i salqin joyda (lekin sovutgichda emas) olib qo‘yilishi kerak. Ochiq bankani 21 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlash mumkin, ammo uzoq muddatga saqlashda biz mahsulotning xavfsizligi va ozuqaviy qiymatini kafolatlay olmaymiz. Agar siz aralashmani bola bir vaqtning o‘zida ichishi mumkin bo‘lganidan ko‘proq midorda suyultirgan bo‘lsangiz, qolgan qismini toza idishga quying, qopqog‘ini yoping va sovutgichga qo‘ying. Suyultirilgan porsiyaning qolgan qismi 24 soat ichida ishlatilishi kerak. 24 soatdan keyin ichilmagan qoldiqni to‘kib tashlang.
Sotib olayotganda, ishlab chiqaruvchining Maloyejkani qanday saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini diqqat bilan o‘rganib chiqing. Tunuka bankaning pastki qismida seriya, ishlab chiqarilgan sana va bankaning o‘zida yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan. Bolani faqat eng foydali va sog‘lom ovqatlanish bilan ta’minlash uchun mahsulotning yangiligini kuzatib boring.
PediaSure Maloyejka bilan sog‘lom o‘sish va rivojlanish
Tarkibi**
- Mahsulot ovqatlanish yetishmovchiligi yoki uning rivojlanish xavfi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Farzandingizning individual ovqatlanish ehtiyojlarini mutaxassis bilan muhokama qilishni tavsiya etamiz
- * Ovqatlanish yetishmovchiligi bo‘lgan bolalar uchun makro- va mikronutriyentlarni o‘z ichiga olganligi tufayli
- ** Bitta porsiya PediaSure Maloyejka ko‘rsatilgan mahsulotlar bilan bir xil miqdorda ozuqaviy moddalarini o‘z ichiga oladi
Siz ham sinab ko‘ring
Kasallik va sog‘ayish davrida kuch va quvvatni to‘ldirish uchun PediaSure Zdoroveyka..